Turkiyada o`tkazilayotgan boks bo`yicha ayollar o`rtasidagi jahon chempionatida unutilmas g`alaba. -50 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilayotgan Aziza Yoqubova kattalar miqyosidagi dunyo birinchiligida shohsupaga ko`tariladigan ilk bokschi qizimiz sifatida tarixda qoladi. Bu haqda Milliy Olimpiya qo`mitasi matbuot xizmati xabar berdi.
Ma`lum qilinishicha, Yoqubova yakuniga etgan chorak final bahsida italiyalik Jiordana Sorrentinoni mag`lubiyata uchratib, yarim finalga yo`l oldi. Ma`lumki, boksda ushbu bosqichga etib kelgan sportchilar kamida bronza medalini naqd qilib qo`yishadi. Bu esa Yoqubova musobaqada shohsupaga ko`tarilishini anglatadi.






