Samarqandda qabristonda yong`in sodir bo`ldi

Jamiyat 17.05.2022, 02:05
Samarqandda qabristonda yong`in sodir bo`ldi

Samarqandda qabristonda yong`in sodir bo`ldi. Bu haqda viloyat FVV xabar bermoqda. 

Ma`lum bo`lishicha, voqea 16 may kuni soat 12:39 da Samarqand viloyati Kattaqo`rg`on shahri Oqoltin MFYda joylashgan "Xalq" qabristonida yong`in sodir bo`layotganligi to`g`risida shahar FV bo`limiga xabar kelib tushgan.

Voqea joyiga 2 ta yong`in-qutqaruv ekipajilari jalb etilgan. Yong`inga soat 12:45 da etib borgan va soat 13:20 da yong`in to`liq bartaraf etilgan.

Yong`in natijasida qabristonning taxminan 1 ga maydonda xas-xashak yongan.

Hodisa oqibatida halok bo`lgan va jabrlanganlar yo`q.

Hozirda tergovga qadar tekshirish ishlari olib borilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1