AsosiyDunyo

Ozarbayjon prezidenti Britaniya qirolichasiga Qorabog` otini sovg`a qildi

'Ozarbayjon prezidenti Britaniya qirolichasiga Qorabog` otini sovg`a qildi'ning rasmi

Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligi Qirolichasi Elizaveta II Vindzor saroyida Ozarbayjon Respublikasi ot sporti federasiyassi (ARAF) prezidenti Elchin Guliev boshchiligidagi delegasiyani qabul qildi.

Report axborot agentligining xabar berishicha, qirolichaga Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliev sovg`asi – Qorabog` oti topshirildi. 

"Qirolichaga sovg`a qilingan ot Vindzor qasriga etkazildi va sertifikat bilan birga yangi egasiga topshirildi",-deyiladi xabarda.

Qayd etilishicha, qirolicha Elizaveta II sovg`a uchun minnatdorchilik bildirgan.

    Boshqa yangiliklar