Ilon Mask Twitter’ni xarid qilishi uchun SpaceX aksiyalarini sotishga qaror qilgan. Bu haqda The New York Times gazetasiga tayanib Zamon.uz' xabar berdi.
Qayd etilishicha, aprel oxirida biznesmenning ijtimoiy tarmoqni 44 milliard dollarga sotib olishi ma`lum bo`lgandi. Ammo ayrim manbalar Mask bu pulni juda katta deb hisoblayotganini ta`kidlagan. Shu sababli u kelishuvni moliyalashtirish maqsadida SpaceX aksiyalarini sotmoqchi.
Kompaniya seshanba kundan boshlab har bir aksiyani 70 dollardan sotuvga chiqarmoqchi. Ilon Maskka SpaceX’ning 44 foiz aksiyalari tegishli.






