AsosiyJamiyat

Toshkent metrosida poezd tagiga o`zini tashlagan erkak bo`yicha tafsilotlar ma`lum bo`ldi (video)

'Toshkent metrosida poezd tagiga o`zini tashlagan erkak bo`yicha tafsilotlar ma`lum bo`ldi (video)'ning rasmi

Bugun ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent metrosidan poezd tagiga o`zini tashlagan erkak holati aks etgan video tarqaldi. 

Toshkent metropoliteni hodisa bo`yicha ma`lumot berdi. 

Ma`lum qilinishicha, "Olmazor" bekatida 1964 yilda tavallud topgan fuqaro O.Z metro vagoniga tezroq kirish uchun shoshilib borayotgan vaqtda ehtiyotkorsizligi sabab  harakatlanishga tayyorgarlik ko`rayotgan poezd yo`liga tushib ketdi.  

Metropoliten xodimlari hamda yo`lovchilarning tezkorligi sabab fuqaro hech qanday tan jarohatlarsiz zudlik bilan poezd yo`lidan qutqarib olingan.

"Hurmatli metro yo`lovchilari, bekat platformalarida belgilangan qoidalarga amal qilgan holda, shoshilmasdan, o`z hayotingizni xavfga qo`ymagan holda harakatlanishingizni so`raymiz!" - deyiladi rasmiy xabarda. 

    Boshqa yangiliklar