1

“Arxeologiya ustuni” Edvard Rtveladze tavalludining 80 yilligiga bag`ishlangan kecha bo`lib o`tdi

Madaniyat 17.05.2022, 16:17
“Arxeologiya ustuni” Edvard Rtveladze tavalludining 80 yilligiga bag`ishlangan kecha bo`lib o`tdi

Bugun Kinochilar uyida atoqli olim, arxeolog, akademik, tarix fanlari doktori, “O`zbekiston madaniy merosi jahon to`plamlarda” loyihasining ilmiy rahbari E.V. Rtveladze tavalludining 80 yilligiga bag`ishlangan xotira kechasi bo`lib o`tdi.

Tadbir O`zbekiston madaniy merosini asrash, o`rganish va targ`ib qilish bo`yicha Butunjaxon jamiyati, O`zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, O`zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi tomnidan tashkil etildi, tadbir homiysi - «Eriell Group» neft-servis kompaniyasi.

Tadbir doirasida O`zbekiston madaniy merosini asrash, o`rganish va targ`ib qilish bo`yicha Butunjaxon jamiyati raisi Firdavs Abduxoliqov “Edvard Rtveladze xotirasi” nomli xotira kitobining dastlabki pilot nashrini taqdim etdi. Kitob olimning hamkasblari, do`stlari, oila a`zolari va yaqinlari tomonidan yozilgan 50 dan ortiq maqolani o`z ichiga olgan.

Tadbirda O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisining birinchi o`rinbosari Sodiq Safoev, “O`zbekiston madaniy merosi jahon to`plamlarida” loyihasi tahririyat kengashi raisi, akademik Akmal Saidov, O`zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o`rinbosari Aziz Abduhakimov, O`zbekiston madaniy merosini asrash, o`rganish va targ`ib qilish bo`yicha Butunjaxon jamiyati boshqaruvi raisi Firdavs Abduxoliqov, Gruziyaning O`zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Zurab Abdushelishvili ishtirok etishdi va marhumni yod olib so`zga chiqishdi.

Edvard Vasilevich Rtveladze Markaziy Osiyo mintaqasi tarixi va madaniyatining ulkan qatlamlarini, Buyuk Ipak yo`lining eski va yangi yo`llarini tadqiq etgan. Olim O`zbekistonda va xorijda chop etilgan 800 dan ortiq ilmiy maqolalarga mualliflik qilgan.

Ilmiy faoliyati davomida turli mukofot va ordenlar bilan taqdirlangan, jumladan, 1985 yilda Beruniy nomidagi O`zbekiston Davlat mukofoti, 2001 yilda “Buyuk xizmatlari uchun” ordeni, 2003 yilda “Mehnat shuhrati” ordeni, 2017 yilda “El-yurt xurmati” orden. Bundan tashqari, Gruziya Respublikasining sharaf ordeni - "Girdebis Oredeni" bilan taqdirlangan.

Edvard Rtveladzening so`nggi yillardagi eng mashhur arxeologik kashfiyotlardan biri miloddan avvalgi IV oxirida asos solingan Oks Aleksandriyasidir. Qadimiy shahar milodiy I asr boshlarigacha Surxondaryo hududida mavjud bo`lgan.

Olim O`rta Osiyo va Shimoliy Kavkazda 100 dan ortiq arxeologik ekspedisiyalarda qatnashgan. Rtveladze 1990 yillar oxirida Toxariston arxeologik ekspedisiyasini tuzib, qadimiy Kampirtepa manzilgohida tadqiqotlarni qayta tiklagan, bu erda O`rta Osiyo arxeologik amaliyotida birinchi marta aholi punktining to`liq ochilishi amalga oshirilgan, uning joylashuvi va Kushonlar davriga oid shahar tuzilmasi aniqlangan.  

So`nggi yillarda E.V. Rtveladze “O`zbekiston madaniy merosi jahon to`plamlarida” loyihasining ilmiy rahbari vazivasini bajargan. Uning rahbarligida “O`zbekiston madaniy merosi jahon to`plamlarida” turkumiga oid 50 ta kitob-albom nashr etilgan.

O`zbekiston madaniy merosini asrash, o`rganish va targ`ib qilish bo`yicha Butunjaxon jamiyati loyihalari doirasida “O`zbekistonning me`moriy epigrafikasi”, “Tarixiy kutubxona”, “O`zbekistonning atoqli olimlari” turkum kitoblari ustida ham ishlagan.

Afsuski, 2020 yil aprel oyida olimning rafiqasi - arxeolog va arxivchi Lidiya Rtveladze vafot etdi. Edvard Vasilevich Rtveladze o`zining yaqinda nashr etilgan "Lidiya Lvovna Rtveladze. Hayot, iml, oila” kitobini rafiqasining xotirasiga bag`ishlagan edi.

Edvard Rtveladze joriy yilning 10 fevralida vafot etgan edi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1