1

Boks boyicha O`zbekiston ayollar terma jamoasi jahon chempionatini ikkita bronza bilan yakunladi

Sport 19.05.2022, 07:53
Boks boyicha O`zbekiston ayollar terma jamoasi jahon chempionatini ikkita bronza bilan yakunladi

Turkiyaning Istanbul shahri mezbonlik qilayotgan boks bo`yicha ayollar o`rtasidagi jahon chempionatida O`zbekiston terma jamoasi o`z ishtirokini yakunladi. Musobaqa ayollar boksida dunyo birinchiliklarida qo`lga kiritilgan ilk medallar sifatida o`zbek sporti tarixida qoldi. O`zbekiston Milliy Olimpiya qo`mitasi buni qayd etmoqda.

Ma`lum qilinishicha, +81 kg vazn toifasida qatnashgan Mohira Abdullaeva yarim final jangining 1 raundida jarohat olib, bellashuvni davom ettira olmagan. Shu bois, hakamlar uning raqibi marokashlik Xayja Mardining g`alabasini e`tirof etishgan va Mohira bronza medali bilan taqdirlangan. 

Bellashuvlar davomida Aziza Yoqubova ham -50 kg vazn toifasida uchinchi o`rinni qo`lga kiritgani aytiladi.

Shu tariqa, mazkur dunyo birinchiligi O`zbekiston terma jamoasi uchun 2 ta bronza medali bilan yakunlandi. 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1