AsosiyJamiyat

Alisher Usmonov rafiqasi Irina Viner bilan ajrashmoqda

'Alisher Usmonov rafiqasi Irina Viner bilan ajrashmoqda'ning rasmi

Milliarder Alisher Usmonov rafiqasi, Umumrossiya badiiy gimnastika federasiyasi prezidenti Irina Viner bilan ajrashmoqda. Bu haqda «Metronews» xabar bermoqda.

Ma`lum qilinishicha, ular 50 yilga yaqin birga yashab, shundan 30 yil qonuniy nikohda bo`lgan. Ularning har biri alohida uyga egaligi, turmush o`rtoqlar hatto birga yashamasligi ta`kidlangan. Ajrashish uchun ariza 4 may kuni kelib tushgan. Shu bilan birga, Usmonov ishda fuqaroviy da`vogar, Viner esa javobgar sifatida ishtirok etadi.

Endi er-xotin umumiy mulkni bo`lishishi kerak. Mulkning bir qismi yaqinda sanksiyalarga uchragan: Fransiyada milliarderning ikkita vertolyoti, Germaniyada esa onasi nomi bilan atalgan 156 metrlik «Dilbar» yaxtasi hibsga olingan. Hozircha na Viner, na Usmonov ajrashish qaroriga izoh bermagan.

    Boshqa yangiliklar