Senatning 26-yalpi majlisi 28 may kuni chaqiriladi. Unda qanday Qonun loyihalari va masalalar ko`riladi?

Siyosat 21.05.2022, 08:03
Senatning 26-yalpi majlisi 28 may kuni chaqiriladi. Unda qanday Qonun loyihalari va masalalar ko`riladi?

O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining majlisi bo`lib o`tdi. Uni Senat Raisi Tanzila Narbaeva olib bordi. Bu haqda Senat matbuot xizmati xabar qildi. 

Majlisda O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining yigirma oltinchi yalpi majlisini 2022 yil 28 may kuni chaqirish to`g`risida qaror qabul qilindi.

Videokonferensaloqa shaklida bo`lib o`tadigan yalpi majlisda bir qator masalalar ko`rib chiqilishi nazarda tutilgan.

“Davlat fuqarolik xizmati to`g`risida”gi, “Er uchastkalarini kompensasiya evaziga jamoat ehtiyojlari uchun olib qo`yish tartib-taomillari to`g`risida”gi, “Er munosabatlarida tenglik va shaffoflikni ta`minlash, erga bo`lgan huquqlarni ishonchli himoya qilish va ularni bozor aktiviga aylantirish tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan O`zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o`zgartish va qo`shimchalar kiritish to`g`risida”gi, “Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar to`g`risida”gi O`zbekiston Respublikasi Qonunining 19-moddasiga qo`shimcha va o`zgartish kiritish haqida”gi qonunlar shular jumlasidandir.

Shuningdek, senatorlar tomonidan iqtisodiyot tarmoqlari, ijtimoiy soha ob`ektlari hamda aholi turar joylarida quyosh va shamol energiyasidan foydalanish bo`yicha Qoraqalpog`iston Respublikasida amalga oshirilayotgan ishlar to`g`risida Vazirlar Mahkamasiga yuborilgan parlament so`rovi natijalari ham ko`rib chiqiladi.

 Bundan tashqari, Internet jahon axborot tarmog`ida yoshlar va voyaga etmaganlar uchun milliy kontentni rivojlantirish, ularning ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish madaniyati va zararli axborotdan himoya qilish masalalari yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga yuborilgan parlament so`rovi natijalari ham muhokama etiladi.

 Shuningdek, engil sanoat va charm sanoati korxonalarida xotin-qizlarning mehnat huquqlarini himoya qilishning holati yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga yuborilgan parlament so`rovi natijalarini ham ko`rib chiqish nazarda tutilgan.

Yalpi majlisda Oliy Majlis Senati Orolbo`yi mintaqasini rivojlantirish masalalari va ekologiya qo`mitasining 2021 yil va 2022 yilning birinchi choragidagi faoliyati to`g`risidagi hisobotini ham eshitish rejalashtirilgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1