AsosiySport

Taekvondo. Guljanoy Naimova Turkiya, Serbiya va Ispaniyalik sportchiklarni mag`lubiyatga uchratib oltin medalni qo`lga kiritdi

'Taekvondo. Guljanoy Naimova Turkiya, Serbiya va Ispaniyalik sportchiklarni mag`lubiyatga uchratib oltin medalni qo`lga kiritdi'ning rasmi

Ayni kunlarda Angliyaning Manchester shahrida para taekvondo bo`yicha Evropa Ochiq chempionati bo`lib o`tmoqda.

Para taekvondo bo`yicha Evropa chempionati ilk bor 1976-yilda Ispaniyaning Barselona shahrida o`tkazilgan bo`lib, musobaqalar har ikki yilda bir marta, Evropa taekvondo ittifoqi, shuningdek, Jahon taekvondosining kontinental filiali tomonidan tashkil etiladi.

2022-yilda tashkil etilayotgan 24-para taekvondo chempionatida ayollar hamda erkaklar 49 kgdan 87 kggacha va 87 kgdan yuqori vazn toifalarida bahslashadilar. 

Mazkur musobaqada O`zbekistondan ham sport delegasiyasi ishtirok etayotgan bo`lib, ayollar o`rtasida +65 kg vazn toifasida bo`lib o`tgan janglarda hamyurtimiz Guljanoy Naimova Turkiya, Serbiya va Ispaniyalik sportchiklarni mag`lubiyatga uchratgan holda oltin medalga sazovor bo`ldi. 

Ta`kidlash lozimki, Guljanoy ushbu g`alabadan so`ng Parij-2024 yozgi Paralimpiya o`yinlari uchun 20 reyting ochkosini o`z hisobiga yozdirib qo`ydi. Bundan tashqari u o`z vazn toifasida dunyo reytingida peshqadamlikni ham saqlab qoldi.

    Boshqa yangiliklar