1

O`zbek-qirg`iz chegara punktida "avariya" sodir bo`ldi

Jamiyat 21.05.2022, 18:50
O`zbek-qirg`iz chegara punktida "avariya" sodir bo`ldi

Bugun, 21 may kuni soat taxminan 15:30lar chamasida o`zbek-qirg`iz chegara punktida yirik avtohalokat sodir bo`ldi. Bu haqda IIV matbuot kotibi xabar berdi.

Qayd etilishicha, Qadamjoy tumani orqali O`zbekiston Respublikasining So`x tumani hududiga harakatlanib kelayotgan, ustiga buldozer yuklangan, d/r 02 KG 899 RS bo`lgan treyler avtotransportining tormozi ishdan chiqib, haydovchisi boshqaruvni yo`qotgan. Buning oqibatida u Qirg`iziston Respublikasi "Chechme" chegara o`tkazish punkti va O`zbekiston Respublikasi "Chashma" chegara o`tkazish punkti orqali ro`yxatdan o`tish uchun navbatda turgan jami 12 ta (2 ta O`zbekiston va 10 ta Qirg`iz Respublikasi) avtomashinalarga urilib, ularga shikast etkazgan.  

Avtohalokat natijasida, birlamchi ma`lumotlarga ko`ra, 9 nafar fuqaro (shulardan, 1 nafari O`zbekiston Respublikasi, qolgan 8 nafari Qirg`iz Respublikasi fuqarosi) vafot etgan.

"Jarohatlanganlarga tez-tibbiy yordam ko`rsatilishi ta`minlangan. Holat yuzasidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda",-deyiladi xabarda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1