1

Faqat bugun Toshkentdan Buxoroga qo`shimcha aviaqatnov yo`lga qo`yiladi

Jamiyat 22.05.2022, 12:11
Faqat bugun Toshkentdan Buxoroga qo`shimcha aviaqatnov yo`lga qo`yiladi

"Uzbekistan Airways" faqat 2022 yil 22 may kuni Toshkent –   Buxoro – Toshkent yo`nalishi bo`yicha qo`shimcha aviaqatnovni amalga oshirilishi haqida xabar berdi.

Bundan ko`zlangan maqsad Xalqaro zardo`zlik va zargarlik festivali mehmonlari uchun qulaylik yaratishdan iborat.

Bir muddat avval Buxoroda I Xalqaro zardo`zlik va zargarlik festivali boshlanayotgani haqida xabar bergan edik. Festivalga tantanali yurishlar bilan "start" berilgan edi. Shuningdek, 21-25 may kunlari viloyatda tadbir doirasida gala konsert, milliy liboslar ko`rgazmali chiqishlari, teatrlashtirilgan tomoshalar, askiya va qiziqchilar, folklor va dorbozlik jamoalarining tomosha dasturlari namoyish etilishi kutilayotandi.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1