Qashqadaryo viloyati FVB matbuot kotibining xabar berishicha, joriy yilning 13 may kuni Qashqadaryo viloyati FVBga Surxondaryo viloyati Angor tumanida yashovchi 1995 yilda tug`ilgan fuqaro Z.I. Qashqadaryo viloyati Qamashi va Dehqonobod tumanlarining tog`li hududlarida yo`qolib qolganligi to`g`risida xabar kelib tushgan.
Aniqlanishicha, fuqaro Z.I. joriy yilning 2 may kuni chorva mollarini boqish maqsadida tog`li hududlarga jo`nab ketgan va dom-daraksiz yo`qolganligi bois, uni yaqinlari ancha qidirishgan, biroq topa olishmagan.
Murojaatga ko`ra, viloyat FVB Maxsus vazifalarni bajaruvchi mintaqaviy otryadining 1 ta bo`linmasi yuqorida nomi ma`lum qilingan manzillarda qidiruv-qutqaruv ishlarini olib borgan. Qidiruv natijalariga ko`ra, fuqaro Z.I.ning jasadi Qamashi tumanining O`rmon xo`jaligiga qarashli hududdagi 10 metr chuqurlikdagi jarlikdan topilgan va yaqin qarindoshlariga topshirilgan.
Xabarda ushbu qidiruv-qutqaruv ishlarida O`rmon xo`jaligi xodimlari va mahalliy aholi bevosita ishtirok etganligi aytib o`tilgan.






