AsosiyDunyo

Osiyodagi mamlakatlardan birida "omikron"ning xavfli shtami aniqlandi

'Osiyodagi mamlakatlardan birida "omikron"ning xavfli shtami aniqlandi'ning rasmi

Filippinda "omikron" shtamining BA.4 varianti aniqlandi. Bu haqda TASS xabar bermoqda. 

Qayd etilishicha, kasallik bo`yicha mamlakat sog`liqni saqlash vaziri ma`lum qilgan. Uning so`zlariga ko`ra, infeksiya 4 may kuni Yaqin Sharqdan kelgan filippinlik fuqaroda aniqlangan. 

8 may kuni asemptomatik bemor koronavirus testidan o`tdi, u ijobiy chiqdi. Sog`liqni saqlash vazirligi filippinlik sayyoh yoki ishchi bo`lganiga aniqlik kiritmadi. Ayni paytda rasmiylar fuqarolardan emlanishni so`ramoqda.

Kasalliklarni nazorat qilish va oldini olish bo`yicha Evropa markazi (ECDC) BA.4 ni tashvishlanish varianti sifatida qaramoqda. Vazir virus yanada yuqumli yoki yanada og`irroq kasallikka olib kelishi mumkinligidan havotirga tushganini ma`lum qildi. 

    Boshqa yangiliklar