Pokistonning ko`plab shaharlarida odamlarni jazirama holdan toydirmoqda. Harorat selsiy bo`yicha +40 daraja va undan yuqori. Kondisionerlar va boshqa texnikalardan haddan ziyod ko`p foydalanish elektr ta`minotida yuklanishni oshirdi va oqibatda uzilishlar yuzaga kelgan. Aprel oyidan beri Janubiy Osiyo davlatlari g`ayrioddiy issiqlik to`lqinini boshdan kechirmoqda, buning natijasida ba`zi hududlarda harorat +50 ga etgan. Bu haqda Zamon.uz xabar bermoqda.
Olimlar havo isishiga iqlim o`zgarishi sabab ekanini aytmoqda. Shuningdek, ular beri iqlim inqirozi yanada kuchli toshqinlar, qurg`oqchilik va jazirama to`lqinlarga olib kelishi haqida ogohlantirmoqda.
Birlashgan Millatlar Tashkiloti agentligi shu hafta boshida iqlim o`zgarishining asosiy ko`rsatkichlari, jumladan, issiqxona konsentrasiyasi va okean issiqligi 2021-yilga nisbatan yuqoriroq bo`lganini xabar qildi.






