Shri-Lankadagi iqtisodiy inqiroz sababli maktablar yopildi

Dunyo 22.05.2022, 20:22
Shri-Lankadagi iqtisodiy inqiroz sababli maktablar yopildi

Jiddiy iqtisodiy inqiroz davom etayotgan Shri-Lankada 20 may, juma kuni yoqilg`i etishmasligi sababli barcha ta`lim muassasalari yopildi. Bu haqda Anadolu xabar bermoqda

Qayd etilishicha, yoqilg`i yo`qligi va transport vositalari bilan bog`liq muammolar tufayli" rasmiylar, shuningdek, davlat xizmatchilariga, asosiy xizmatlarni ko`rsatadiganlar bundan mustasno, vaqtincha ishga chiqmaslikni buyurdi.

Mamlakat bo`ylab minglab avtomashinalar bir necha kundan beri yoqilg`i quyish shoxobchalarida yonilg`i olish uchun uzun navbatlarda turibdi.

Shri-Lanka defolt arafasida birinchi marta tashqi qarz bo`yicha majburiyatlarini bajarmagan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1