AsosiyJamiyat

Bugun O`zbekistonda bulutli ob-havo bo`ladi

'Bugun O`zbekistonda bulutli ob-havo bo`ladi'ning rasmi

"O`zgidromet" xabariga ko`ra, bugun kunduz kuni respublika bo`yicha havo biroz bulutli bo`ladi, ba`zi joylarda o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Tog` oldi va tog`li hududlarda sel-suv toshqin hodisalari kuzatilishi mumkin. Harorat 23-28° bo`ladi.

Qayd etilishicha, Toshkentda yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol 3-8 m/s tezlikda esadi. Havo 24-26° gacha isiydi.

Tog` oldi va tog`li hududlarda ba`zi joylarda qisqa muddatli yomg`ir yog`adi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin, do`l yog`ishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Havo harorati 10-15° bo`ladi.

    Boshqa yangiliklar