1

Saudiyada ilk bor ayollardan iborat ekipaj tuzildi

Dunyo 23.05.2022, 08:43
Saudiyada ilk bor ayollardan iborat ekipaj tuzildi

Saudiyaning “Flyadeal” aviakompaniyasi qirollik tarixida ilk bor  to`liq ayollardan iborat ekipaj reysini tashkil qildi. Bu haqda manbalarga tayanib Zamon.uz' nashri xabar berdi.

Qayd etilishicha, “Airbus–320” samolyoti Ar-Riyod—Jidda yo`nalishi bo`yicha ichki reysni amalga oshirgan. Ekipajning barcha a`zosi, xususan, uchuvchilar va styuardessalar ham ayollardan iborat.

“So`nggi yillarda qirollikda ayollarga katta huquq va imkoniyatlar berilganidan so`ng, saudiyalik ayollar ko`plab sohalarda, jumladan, aviasiyada ham o`zlarini ko`rsatishga muvaffaq bo`lmoqda”, — deyiladi xabarda. 

Ma`lum bo`lishicha, endilikda qirollik mavjud milliy aviatashuvchilardan tashqari yana bir aviakompaniyani ishga tushirishni va Ar-Riyodda yirik xalqaro aeroport qurishni rejalashtirmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1