"O`zgidromet" markazining xabar berishicha, bugun respublika bo`yicha havo biroz bulutli bo`ladi, ba`zi joylarda o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi, faqat Farg`ona viloyatining ayrim tog`li hududlarida qisqa muddatli yomg`ir yog`ishi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Respublikaning tog` oldi va tog`li hududlarda sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. Kunduzi havo harorati 23-28° atrofida bo`ladi.
24-26 may kunlari davrida O`zbekiston bo`yicha havo kam bulutli va iliq bo`ladi. Havo harorati kunduzi asta-sekin ko`tariladi va hafta o`rtasiga kelib 32-37° ga etadi.
27 mayda O`zbekiston hududiga Kaspiy dengizi hududlaridan nam havoning navbatdagi qismi kirib kelishi boshlanadi. Respublikaning ayrim joylarida qisqa muddatli yomg`ir yog`adi, momaqaldiroq bo`ladi. Kunduzi havo harorati 5-7° ga pasayadi.
25 mayda shimolda, 26-28 may kunlari respublika bo`yicha ba`zi joylarda shamol 17-22 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to`zon kuzatilishi kutilmoqda.






