AsosiyDunyo

Rossiyada Google Pay va Apple Payga yana bir muqobil tizim ishga tushirildi

'Rossiyada Google Pay va Apple Payga yana bir muqobil tizim ishga tushirildi'ning rasmi

Tinkoff Bank onlayn xaridlar uchun Tinkoff Pay hamyonini ishga tushirdi, deya xabar berdi lenta.ru.

Ta`kidlanishicha, Rossiyaning Ukrainaga janglari boshlanganidan keyin mamlakatni tark etgan Google Pay va Apple Pay to`lov xizmatlari o`rniga yana bir muqobil tizim paydo bo`lgan. Sberbank va Mir to`lov tizimidan so`ng Tinkoff Bank onlayn xaridlar uchun o`z hamyonini ishga tushirdi. Bu haqda RBC bank vise-prezidenti va "Tinkoff Kass" rahbari Sergey Xromovga tayanib yozmoqda.

Tizim Tinkoff Pay deb nomlangan, ammo u hozircha faqat "Tinkoff Kass"dan ekvayringdan foydalanadigan onlayn-do`konlarda mavjud. Bunday saytlarning umumiy soni 30 mingdan ortiq. Xromovning so`zlariga ko`ra, tizimning turli elementlari 2022-2023 yillarda bosqichma-bosqich ishga tushiriladi.

Oflayn to`lovlar keyinroq foydalanuvchilar uchun mavjud bo`ladi. 

 Bu usuldan barcha Android smartfon foydalanuvchilari, jumladan, mamlakatni tark etgan Visa va Mastercard kartalari egalari ham foydalanishi mumkin bo`ladi.

    Boshqa yangiliklar