Hyatt Regency mehmonxonasida Milliy marketing markazi tomonidan tashkil etilgan «2021 Yil brendi» mukofoti g`oliblarini tantanali taqdirlash marosim bo`lib o`tdi.
O`zbekiston ichki bozorida 2021 yildagi muvaffaqiyatli marketing targ`iboti uchun o`tgan yil davomida 25 ta nominasiya bo`yicha eng faol kompaniyalar iste`molchilar va eksportlar orasida to`plangan ovozlar asosida aniqlandi. Onlayn ovoz berish jarayonida 335 000 ziyod iste`molchi qatnashdi.
Iste`molchilarning ochiq ovoz berish natijalariga ko`ra, “CHEVROLET” brendi “Transport” yo`nalishida katta farq bilan “Yil brendi” nominasiyasida g`olib deb topildi.
Eslatib o`tamiz, iste`molchilar orasida ochiq tarzdagi onlayn ovoz berish jarayoni @makon_brand_bot telegram bot orqali joriy yilning 10 aprelidan 10 mayiga qadar bo`lib o`tdi.






