“Toshkent MTU” UKga qarashli “Aqcha-Obliq” temir yo`l stansiyalari oralig`i 101-kilometr 9-piketidagi ko`prikda ta`mirlash ishlari amalga oshirilishi munosabati bilan, joriy yil 27, 28 may kunlari “Toshkent-Andijon-Toshkent” yo`nalishida harakatlanadigan yo`lovchi poezdlarning 1 ta reysi bekor qilinadi. Bu haqda “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ xabar qilmoqda.
Xususan,
2022 yil 27 may kuni “Toshkent-Andijon-Toshkent” yo`nalishidagi 64/63-sonli;
28 may kuni “Toshkent-Andijon-Toshkent” yo`nalishidagi 60/59 hamda 62/61-sonli yo`lovchi poezdlarining;
Shuningdek, 28 may kuni 6408-sonli “Toshkent-Angren” hamda 29 may kuni 6409-sonli “Angren- Toshkent” shaharlararo yo`lovchi poezdlarining 1 ta reysi bekor qilinadi.
Bundan tashqari, 27 may kuni “Buxoro-Andijon” yo`nalishida harakatlanadigan 391 sonli yo`lovchi pozdi “Buxoro -Toshkent”, 28 may kuni esa “Andijon -Termez” yo`nalishida qatnovchi 397-sonli yo`lovchi poezdi, “Toshkent-Termez” yo`nalishida amaldagi jadval bo`yicha harakatini amalga oshiradi.
Ushbu poezdlarga oldindan xarid qilingan chiptalar yo`lovchilarga to`liq qaytariladi.
Izoh: Qo`shimcha ma`lumotlarni Toshkent shahrida 1005 qisqa telefon raqami, joylardagi temir yo`l kassalari hamda ma`lumotlar byurosidan bilib olishingiz mumkin.






