Yig`ilishda so`nggi besh yilda sportni rivojlantirishga qariyb 4 trillion so`m yo`naltirilib, 118 ta yangi yirik sport ob`ektlari foydalanishga topshirilgani va 110 ta ob`ekt rekonstruksiya qilingani ta`kidlandi.
Joriy yilda sport sohasiga 2 trillion 300 milliard so`m (2017 yildan 5 baravarga ko`p), shundan sport ta`lim muassasalari uchun 1 trillion 200 milliard so`m ajratildi.
Ilk bor barcha mahallalardagi yoshlar etakchilari, maktablarning jismoniy tarbiya o`qituvchilari va sport maktablari trenerlari ishtirokida yoshlarni sportga jalb etish bo`yicha yangi besh bosqichli musobaqalarga start berildi.
Aprel-may oylarida musobaqalar bilan 3 milliondan ziyod yoshlar qamrab olindi.
“Lekin sportdagi natijalar yaratilgan sharoitlarga hali mos emas”, - dedi davlat rahbari.






