Ayni paytda Prezident raisligida sportni ommalashtirish, sport ta`limini yaxshilash va iqtidorli sportchilarni tayyorlash bo`yicha videoselektor yig`ilishi davom etmoqda. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.
Sidney va Rio Olimpiadalarida shuhrat qozongan Andijon, Buxoro va Farg`ona boks maktablari bugungi kunga kelib natija ko`rsatmay qo`ygani ta`kidlandi.
O`tgan yili 352 ta respublika musobaqasi o`tkazilgan bo`lsa-da, birorta hududda tuman bosqichi, 158 tasida esa viloyat bosqichi tashkil etilmagan.
“Sport vazirligini yangidan tashkil etib, vazir va o`rinbosarlariga aniq vazifalarni qo`yganman.
Endi sportchilarni tayyorlash va seleksiya qilish bo`yicha mutlaqo yangi tizim joriy qilinadi", dedi Prezident.
Eng avvalo, yoshlarni bolalikdanoq sportga jalb qilish va iqtidorli sportchilarni tayyorlash borasidagi yondashuvlar o`zgartiriladi.






