Prezident yoshlarning sport maktablari bilan qamrovini 1,3 baravarga oshirib, 520 ming nafarga etkazish vazifasini qo`ydi.
Bundan tashqari, 69 ta tumandagi sport maktablarida kamida 20 ta, 47 tasida 15 ta, qolgan 91 tasida 10 ta olimpiya sport turlariga tayyorlashni yo`lga qo`yish topshirildi.
Yil yakunigacha 508 ta mahallada ko`p funksiyali sport maydonchalarini qurishga ko`rsatma berildi.
“Yana bir bor ta`kidlayman, yil yakuniga qadar 6 million nafar yoshlarni ommaviy sport bilan qamrab olish – bu siyosat.
Qoraqalpog`iston, Navoiy, Sirdaryo va Toshkent viloyatlari bu tashabbusni qo`llab-quvvatlab, ishlarni yaxshi boshladi.
Bugungi selektordan ayniqsa tuman-shahar hokimlari va sektor rahbarlari xulosa qilib, ommaviy sportni rivojlantirish bo`yicha ishlarni jadallashtirishi kerak. Bu borada so`rov doimiy va qattiq bo`ladi”, dedi Prezident.






