AsosiyJamiyat

Markazlar huzurida 5-9-sinflar uchun Olimpiya maktablari, 10-11-sinflar va 1-2-kurslar uchun Olimpiya va paralimpiya kollejlari bo`ladi

'Markazlar huzurida 5-9-sinflar uchun Olimpiya maktablari, 10-11-sinflar va 1-2-kurslar uchun Olimpiya va paralimpiya kollejlari bo`ladi'ning rasmi

Prezident topshirig`iga ko`ra ilg`or xorijiy tajriba o`rganildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.

Shu asosda sportchilarni professional tayyorlash bo`yicha quyidagi tizim joriy etiladi:

- kollejlar har bir viloyatda olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi sifatida tashkil etiladi;

- markazlar huzurida 5-9-sinflar uchun Olimpiya maktablari, 10-11-sinflar va 1-2-kurslar uchun Olimpiya va paralimpiya kollejlari bo`ladi;

- bolalar va o`smirlar sport maktabida yaxshi natija ko`rsatgan yoshlar Olimpiya maktabiga qabul qilinib, ta`lim oladi va chuqurlashtirilgan sport bilan shug`ullanadi;

- ixtisoslashgan sport maktablari bitiruvchilari kollejlarga 1-kursga qabul qilinib, tayyorgarlikning uzluksiz tizimi yaratiladi;

- Sport vazirligi huzurida ilg`or trener va xorijiy ekspertlardan iborat Murabbiylar kengashi tashkil etilib, musobaqalarda eng yuqori natijaga erishgan sportchilarni kollejlarga saralab oladi;    

- kollej bitiruvchilari Oliy sport mahorati institutiga qabul qilinadi.

    Boshqa yangiliklar