1

Bugun O`zbekistonda qanday ob-havo bo`lishi kutilayotgani ma`lum qilindi

Jamiyat 24.05.2022, 08:13
Bugun O`zbekistonda qanday ob-havo bo`lishi kutilayotgani ma`lum qilindi

"O`zgidromet" 24 mayga ob-havo bashoratini e`lon qildi.

Unga ko`ra, bugun kunduz kuni respublika bo`yicha havo biroz bulutli bo`ladi, ba`zi joylarda o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Havo harorati 28-33° ni tashkil etadi.

Toshkentda yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol 3-8 m/s tezlikda esadi. Havo 29-31° gacha isiydi.

Qayd etilishicha, tog` oldi va tog`li hududlarda ham yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Havo harorati 15-20° bo`ladi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1