AsosiyJamiyat

Prezident neft-gaz sohasidagi ishlar bo`yicha yig`ilish o`tkazdi

'Prezident neft-gaz sohasidagi ishlar bo`yicha yig`ilish o`tkazdi'ning rasmi

Prezident Shavkat Mirziyoev 24 may kuni neft-gaz xomashyosini qazib olish va mahsulot ishlab chiqarishni kengaytirish masalalari muhokamasi bo`yicha yig`ilish o`tkazdi.

Mamlakatimizning Taraqqiyot strategiyasida iqtisodiyotni liberallashtirish va sanoatning etakchi tarmoqlarini transformasiya qilish bo`yicha maqsadlar belgilangan. Jumladan, neft-gaz sohasida ham transformasiya jarayonlari boshlangan.

Yig`ilishda davlatimiz rahbari, avvalo, shu masalaga e`tibor qaratib, bu jarayonni jadallashtirish zarurligini ta`kidladi. Xalqaro konsultantlarni jalb qilib, strategik yondashuvlarni belgilab olish, neft-gaz sohasida hisob-kitob mexanizmlari shaffofligini ta`minlash vazifalari qo`yildi.

Korxonalarni moliyaviy sog`lomlashtirish, operasion samaradorlikni oshirish orqali xarajatlarni qisqartirish, boshqaruv tizimini ilg`or xorijiy tajriba asosida tashkil etish bo`yicha chora-tadbirlar belgilandi.

Prezident tarmoq rahbarlariga aholi va tadbirkorlik sub`ektlarini yoqilg`i-energiya manbalari bilan uzluksiz ta`minlash bo`yicha aniq topshiriqlar berdi.

Tabiiy gaz iste`molini nazorat qilish va hisobga olishning avtomatlashtirilgan tizimini to`liq ishga tushirib, yo`qotishlarni bartaraf etish choralari belgilandi. Resurslarni hozirdan tejash, muqobil energiyadan foydalanishni rag`batlantirish muhimligi ta`kidlandi.

    Boshqa yangiliklar