Odamlar orasida maymun chechagi bilan kasallangan 131 ta holat ma`lum va yana 106 ta tahlil tekshirilmoqda. Bu haqda JSST ma`lum qilgan.
23 may holatiga ko`ra, 17 ta endemik bo`lmagan mamlakatlarda maymun chechagining 131 holati qayd etilgan va yana ikkita davlat — Sudan va Argentina shubhali infeksiyalarni tekshirmoqda.
Eng ko`p kasallanish Ispaniya (40), Portugaliya (37) va Buyuk Britaniyada (20) aniqlangan. Qayd etilishicha, 106 ta maymun chechagi kasalligi tekshirilmoqda, shundan 51 tasi Ispaniyada.
Maymun chechagi kamdan-kam uchraydigan virusli infeksiya bo`lib, u odamlar orasida ham uchraydi. Bu odatda engil kasallik bo`lib, ko`pchilik bir necha hafta ichida tuzalib ketadi, ammo ba`zilarda asoratlar paydo bo`lishi mumkin. Maymun chechagining dastlabki belgilariga isitma, bosh og`rig`i, mushak og`rig`i, bel og`rig`i, limfa tugunlari kattalashishi, titroq va charchoq kiradi. Shuningdek, toshma paydo bo`lishi mumkin, ular ko`pincha yuzdan boshlanadi va keyin tananing boshqa qismlariga tarqaladi.






