AsosiyJamiyat

O`rta Chirchiqda Xalq bankiga tegishli bo`lgan Damas bilan Jiguli o`rtasida YTH sodir bo`ldi

'O`rta Chirchiqda Xalq bankiga tegishli bo`lgan Damas bilan Jiguli o`rtasida YTH sodir bo`ldi'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqda tarqalgan, O`rtachirchiq tumanida sodir bo`lgan YTH yuzasidan ma`lumot berildi.

Toshkent viloyati, O`rtachirchiq tumani hududidan o`tgan "Avangard-O`rtasaroy" avtomobil yo`lining 5-kilometrida haydovchi B.T. boshqaruvida bo`lgan "Damas" rusumli hamda haydovchi U.A. boshqaruvida bo`lgan "Vaz-2106" rusumli avtomobillar ishtirokida to`qnashuv sodir bo`lgan.

To`qnashuv natijasida yo`lovchi Z.E. engil tan jarohati olib shifoxonaga murojaat qilgan.

Mazkur YTH yuzasidan tuman IIB YHXB mas`ul xodimlari tomonidan to`plangan hujjatlar 2021 yil 27 oktyabr kuni jinoyat ishlari bo`yicha O`rtachirchiq tumani sudi tomonidan ko`rib chiqilib, fuqaro B.T. O`zbekiston Respublikasi Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi Kodeksning 133-moddasida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir etgan deb topilib, unga nisbatan BHMning uch baravari miqdorida jarima jazosi belgilangan. To

Shuningdek, huquqbuzar B.T.dan Xalq banki O`rtachirchiq filiali foydasiga 19 186 042 (o`n to`qqiz million bir yuz sakson olti ming qirq ikki) so`m, Xalq banki O`rtachirchiq filialidan jabrlanuvchi A.A.ning foydasiga 7 773 294 (etti million etti yuz etmish uch ming ikki yuz to`qson to`rt) so`m zarar undirilishi belgilangan.

    Boshqa yangiliklar