1

Baholashdagi o`zgarish, test olish bekor qilingan universitetlar, ijodiy imtihonlar...

Jamiyat 25.05.2022, 12:25
Baholashdagi o`zgarish, test olish bekor qilingan universitetlar, ijodiy imtihonlar...

2022 yilda abiturientlar uchun test topshirishdagi o`zgarishlar va yangiliklar haqida Davlat test markazi ma`lumot berdi. Unga ko`ra, endilikda quyidagilar o`zgarishlar amaliyotga tatbiq etiladi:

1️. Oldingi yilgi qabulda mutaxassislik blokidagi 2 ta fanga teng – 3,1 balldan berilgan edi. Bu yil esa shu 2 ta fan muhimliligiga qarab darajalanadi. Masalan, matematika yo`nalishi uchun 1-fan matematika (har to`g`ri javobga 3,1 balldan) , 2-fan esa fizika (har to`g`ri javobga 2,1 balldan) bo`ladi.

2️. Mutaxassislik fanlarining darajalanishi abiturientlarning 5 ta yo`nalish tanlash imkoniga ham ta`sir qiladi. Endi abiturientlar o`tgan yilgidek mutaxassislik blokida mavjud 2 ta fanga qarab emas, balki ularning birinchi yoki ikkinchi fanligini ham hisobga olib 5 ta OTMni tanlaydi.

3️. Barcha test topshiruvchilar uchun majburiy bo`lgan 3 ta fan – matematika, ona tili va O`zbekiston tarixi bo`yicha 10 tadan jami 30 ta savol tushadi va ularga 1,1 balldan beriladi (2021 yili majburiy blok uchun 2,1 balldan berilgan).

Majburiy blokdan jami to`plash mumkin bo`lgan ball – 33 ball. Bakalavriat ta`lim yo`nalishiga mos bo`lgan 2 ta fan bo`yicha esa jami 60 ta savol beriladi. Birinchi fandan to`plash mumkin bo`lgan maksimal ball – 93 ball, ikkinchi fandan to`plash mumkin bo`lgan maksimal ball esa 63 ball.

Umumiy holda, 2022-2023 o`quv yili qabulida abiturientlarga 5 ta fan bo`yicha jami 90 ta test topshirig`i beriladi. Bunda to`plash mumkin bo`lgan maksimal ball – 189 ballni tashkil etadi.

4️. Bu yil kirish imtihonlarida abiturientlarga testlarni ishlash uchun 3 soat vaqt beriladi. Vazirlar Mahkamasining test topshiriqlarini o`tkazishga oid 261-sonli nizomida 30 ta savol uchun bir soat vaqt berilishi yozilgan. Demak, 90 ta savolga 3 soat vaqt beriladi.

5️. Bu yildan 6 ta OTMda test ijodiy imtihonga o`zgarmoqda. Fanlar majmuasiga chet tili birinchi fan sifatida kiritilgan:
- O`zbekiston davlat jahon tillari universiteti;
- Samarqand davlat chet tillari instituti;
- Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti.

▪️ Shuningdek:

Toshkent davlat pedagogika universiteti, Qo`qon davlat pedagogika instituti, Nukus davlat pedagogika institutining xorijiy tillar bo`yicha pedagoglarni tayyorlovchi bakalavriat ta`lim yo`nalishlarida chet tilidan test emas, tinglab tushunish, o`qish, yozish hamda gapirish kompetensiyalarini aniqlash va baholashga qaratilgan kasbiy (ijodiy) imtihon olinadi.

Bunda ushbu OTMlarning birinchi fani chet tili bo`lgan yo`nalishlarida abiturientlar ijodiy imtihon topshiradi. Ingliz tili bo`yicha ijodiy imtihon kompyuter variantda, qolgan tillar bo`yicha esa qog`oz variantda olinishi rejalashtirilmoqda.

Bu yo`nalishlarga topshiradigan abiturientlar uchun eng murakkab va tavakkalli tomoni – ular mana shu 6 ta OTM doirasidagina 5 ta yo`nalish tanlashi mumkin bo`ladi. Sababi boshqa OTMlarda chet tili imtihoni test ko`rinishida olinadi va savollar turi bir-biridan farq qiladi.

6. Ba`zi yo`nalishlarda imtihon olinadigan fanlar o`zgargan. Davlat OTMlarida ta`lim yo`nalishlari soni – 461 ta, shundan 7 foizida 2 ta fanning o`rni o`zgargan. Bitta fan o`zgargan ta`lim yo`nalishlari esa 2,8 foizni tashkil qilgan bo`lsa, faqatgina bitta yo`nalish – biotibbiyot muhandisligi yo`nalishida mutaxassislik fanlari butunlay o`zgargan.

Jumladan, filologiya va o`zbek tili va adabiyoti yo`nalishlarida ham ikkinchi fan – tarix o`rniga chet tili kiritildi.

7️. Maktab yoki kollej, liseyni bir yil avval tugatgan abiturientlarning barchasi kirish imtihonlarida qatnashish uchun pul to`laydi. Bu yildan boshlab kirish imtihonlari uchun to`lov undirilmaydigan abiturientlar toifasiga:

- «Ijtimoiy himoya yagona reestri» axborot tizimida ro`yxatga olingan shaxslar va ularning farzandlari;
- «Yoshlar daftari»da ro`yxatda turuvchi yoshlar ham kiritildi.

▫️ Bungacha ozod qilinganlar ro`yxatida nogironligi bo`lgan shaxslar va mehribonlik uylari bolalari, bolalar shaharchasining bitiruvchilari bor edi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1