AsosiyDunyo

"Prezidentligimda bunday hodisalar bo`lmasligiga umid qilgandim"

'"Prezidentligimda bunday hodisalar bo`lmasligiga umid qilgandim"'ning rasmi

AQSh prezidenti Jo Bayden  Texasdagi boshlang`ich maktabda sodir bo`lgan ommaviy otishma sababli Amerika xalqiga murojaat qildi. Murojaat Oq uydan jonli efirda uzatildi. Bu haqda Zamon.uz' xabar berdi.

“Prezident bo`lganimda, boshqa bunday hodisalar bo`lmasligiga  umid qilgandim. Bolani yo`qotish — ruhning bir parchasini yo`qotish. Xudo uchun qachon qurol qabulxonasiga qarshi bosh ko`taramiz? Qachon qilishimiz kerakligini hammamiz yaxshi bilgan ishni qilamiz?" — deydi Bayden amerikaliklarga murojaatida.


Ma`lum qilinishicha, 18 yoshli o`smirning maktabda quroldan o`q uzishi oqibatida kamida 21 kishi, jumladan, 18 bola va uch nafar kattalar halok bo`lgan. Tergov ma`lumotlariga ko`ra, hujumchining maqsadi noma`lum. U maktabga kelmasidan oldin kasalxonaga buvisini olib borgan.

Shundan so`ng, maktabga kelgan. Huquq-tartibot idoralari xodimlari aniqlashicha, u o`q o`tkazmaydigan jilet kiygan, yonida to`pponcha, miltiq va ryukzak bo`lgan. Soqchilarning uni binoga kirgizmaslikka urinishlari natija bermagan va u ichkariga kirib, bir nechta sinf xonalarida tartibsiz o`q uzgan. Keyinroq polisiya uni hibsga oldi.

Sobiq prezidentlar Bill Klinton va Barak Obama esa AQShdagi  qurol-yarog` savdosini qoralab chiqish qilgani aytiladi.

    Boshqa yangiliklar