AsosiyDunyo

Rossiyalik oligarxlar Ukrainaga o`z boyliklarining katta qismini xayriya qilishni taklif qilmoqda

'Rossiyalik oligarxlar Ukrainaga o`z boyliklarining katta qismini xayriya qilishni taklif qilmoqda'ning rasmi

Rossiyalik oligarxlar sanksiyalarni bekor qilish evaziga Ukrainaga katta miqdorda xayriya qilishni taklif qilmoqda. Bu haqda zamon.uz Korrespondent.net ga tayanib xabar berdi. 

Kanada moliya vaziri Kristia Friland G7 moliya vazirlarining yig`ilishida rus oligarxlari Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushini tanqid qilishlari, biroq Kreml tomonidan repressiya tahdidi tufayli bosqindan uzoqlasha olmasliklarini aytgan.

Qayd etilishicha, xalqaro sanksiyalar ostida qolgan bir guruh yirik rossiyalik ishbilarmonlar shaxsiy cheklovlarni olib tashlash evaziga o`z boyliklarining salmoqli qismini Ukrainani tiklashga xayriya qilishni taklif qilgan.

Bunday kelishuv barcha tomonlar uchun ma`lum imtiyozlar berishi mumkin: Kiev milliardlab pul oladi, G`arb ekspropriasiya bo`yicha bahslardan qochadi, rossiyalik tadbirkorlar esa dabdabali hayotini qaytarishadi.

Avvalroq, yil boshidan buyon olti nafar rossiyalik tadbirkor o`z joniga qasd qilgani xabar qilingandi. Ulardan to`rt nafari oligarxlar, yana ikki nafari "Gazprom" top-menejmenti vakillari.

Avvalroq OAV EI rossiyalik oligarxlarning muzlatilgan aktivlarini Ukrainani tiklashga jo`natmoqchiligi haqida xabar bergan edi.

 

    Boshqa yangiliklar