Toshkent - Istanbul yo`nalishi bo`ylab harakatlangan samolyot nega manzilga etmay majburiy to`xtadi? Uzbekistan Airways rasmiy ma`lumot berdi

Jamiyat 25.05.2022, 23:18
Toshkent - Istanbul yo`nalishi bo`ylab harakatlangan samolyot nega manzilga etmay majburiy to`xtadi?  Uzbekistan Airways rasmiy ma`lumot berdi

Bugun, 25 may kuni HY-273 Toshkent – Istanbul aviaqatnovini amalga oshiruvchi havo kemasi jadvalga muvofiq Toshkentdan parvozni boshlagan. Texnik sabablarga ko`ra havo kemasi Toshkent vaqti bilan soat 21:10 da Trabzon aeroportiga majburiy qo`nishni amalga oshirgan. Bu haqda «Uzbekistan Airways» AJ xabar bermoqda. 

Hozirda havo kemasi bortidagi 240 yo`lovchi xayotiga hech qanday xavf tug`dirmayapti. Yaqin vaqt ichida barcha yo`lovchilar Trabzon shahrida joylashgan mehmonxonaga joylashtirilib, tez fursatlarda belgilangan manzilga – Istanbul shahriga etkaziladilar.    

O`z navbatida, ushbu sabab tufayli HY274/25MAY22 Istanbul – Toshkent yo`nalishi bo`yicha aviaqatnovi vaqti kechiktiriladi (Istanbul mahalliy vaqti bilan jadvalga muvofiq 21:45 rejalashtirilgan parvoz). Ayni vaqtda Istanbuldan Toshkentga yo`lovchilarni olib ketish uchun rezerv havo kemasini yuborish masalasi ishlab chiqilmoqda.  

"Keltirilgan noqulayliklar uchun yo`lovchilar va ularni kutib oluvchilardan uzr so`raymiz, shuningdek, yuzaga kelgan vaziyatni to`g`ri tushunishingizni so`rab qolamiz", - deyiladi xabarda. 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1