Samarqand viloyati Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi axborot xizmatining ma`lum qilishicha, Davlat ekologiya qo`mitasi, Samarqand viloyati Ekologiya boshqarmasi nazorat inspektorlari va viloyat IIB xodimlari tomonidan Samarqand tumanining “Dashtiso`xta” MFY hududida tezkor reyd tadbirlari bo`lib o`tdi.
Reyd davomida shu mahallada yashovchi fuqaro N.B. o`z boshqaruvida bo`lgan ekskavator yordamida mahalla hududidan oqib o`tuvchi Darg`om kanalidan noqonuniy ravishda qum aralashmasini qazib olib, yuk tashuvchi mashinalarga ortib berayotganligi aniqlandi.
Ushbu holat yuzasidan fuqaroga O`zbekiston Respublikasi MJtKning 70-moddasi 1-qismiga asosan ma`muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, bazaviy hisoblashning 10 baravari, ya`ni 2 mln 700 ming so`m miqdorida jarima belgilandi.