O`zbekiston sog`liqni saqlash vaziri JSST rahbarini O`zbekistonga taklif qildi

Dunyo 26.05.2022, 17:01
O`zbekiston sog`liqni saqlash vaziri JSST rahbarini O`zbekistonga taklif qildi

O`zbekistonning Sog`liqni saqlash butunjahon assambleyasi 75-sessiyasidagi ishtiroki doirasida sog`liqni saqlash vaziri Behzod Musaevning Jahon sog`liqni saqlash tashkiloti bosh direktori Tedres Gebreesus bilan ikki tomonlama uchrashuvi bo`lib o`tdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA.

Uchrashuv chog`ida Jahon Sog`liqni saqlash tashkiloti (JSST) bosh direktori O`zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar bilan batafsil tanishtirildi.

COVAX  tashabbusi doirasida vaksinalardan teng foydalanish ta`minlanishiga ko`maklashgani uchun Jahon sog`liqni saqlash tashkiloti tomonidan O`zbekistonga minnatdorlik bildirildi.

Respublikamizning JSST bilan hamkorligini yanada kengaytirish hamda mamlakatda sog`liqni saqlash sohasida amalga oshirilayotgan barcha o`zgarishlar majmui bilan tanishishi uchun bosh direktor yaqin vaqt oralig`ida shaxsan O`zbekistonga tashrif buyurishga taklif qilindi.

JSST rahbari o`zining yaqinda Jenevada Milliy mass-mediani qo`llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi Vasiylik kengashi rahbariyati bilan bo`lib o`tgan uchrashuvini alohida iliqlik bilan yodga oldi.

Keyingi yillar davomida sog`liqni saqlash tizimi salmoqli darajada yaxshilangani va sog`liqni saqlash sohasida boshlangan keng ko`lamli islohotlarni amalga oshirishda tashkilot ekspertlari O`zbekiston hukumatiga har tomonlama ko`mak ko`rsatishga tayyor ekanligi qayd etildi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1