AsosiyJamiyat

Hokimlarning qoniqarsiz baholangan ish o`rinlarini yaratish bo`yicha rejalari bir hafta muddatda qayta ko`rib chiqiladigan bo`ldi

'Hokimlarning qoniqarsiz baholangan ish o`rinlarini yaratish bo`yicha rejalari bir hafta muddatda qayta ko`rib chiqiladigan bo`ldi'ning rasmi

Ayni paytda Prezident raisligida o`tkazilayotgan yig`ilishda hokimlarning ajratilayotgan mablag`lar hisobidan ish o`rinlari yaratish bo`yicha rejalari qoniqarsiz ekanligi, bir hafta muddatda ushbu rejalarni ajratilayotgan mablag`larga mos ravishda qayta ko`rib chiqishga topshiriq berildi.

Hokimlarning ish o`rinlari yaratish bo`yicha rejalari qoniqarsiz baholanib, bir hafta muddatda ushbu rejalarni ajratilayotgan mablag`larga mos ravishda qayta ko`rib chiqishga topshiriq berildi.

Umuman, viloyat hokimlari, Investisiyalar va tashqi savdo vazirligi yil yakuniga qadar sanoat zonalarida 2 mingta yangi loyihani ishga tushirishi shartligi ko`rsatib o`tildi.

Viloyat hokimlari oldiga bu loyihalar hisobiga qo`shimcha 110 mingta ish o`rni yaratish, 17,5 trillion so`mlik mahsulot ishlab chiqarish, kamida 1 milliard dollarlik eksport qilish uchun sharoit yaratish vazifasi qo`yildi.

Bundan tashqari, infratuzilmasi hal etilgan sanoat zonalarida 1 mingdan ziyod yangi loyihaga etadigan er maydonlari mavjudligi ko`rsatib o`tildi.

Ikki oy muddatda 174 ta maxsus zonada kamida 250 ta er maydonini auksionga chiqarib, loyihalarni boshlashga ko`rsatma berildi.

    Boshqa yangiliklar