AsosiyJamiyat

Prezident joriy yilda 200 ta sanoat zonasida 555 kilometr suv tarmog`i va 110 ta suv inshootini qurib yakunlash topshirig`ini berdi

'Prezident joriy yilda 200 ta sanoat zonasida 555 kilometr suv tarmog`i va 110 ta suv inshootini qurib yakunlash topshirig`ini berdi'ning rasmi

Bugungi yig`ilishda qabul qilinadigan qarorlar bilan kerakli shart-sharoitlar yaratib berilishi ta`kidlandi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati yozmoqda.

Eng avvalo, sanoat zonalarida bo`sh turgan 6,6 ming gektar maydonning elektr, suv, yo`l va boshqa infratuzilma masalalari hal qilib beriladi.

Prezident topshirig`iga asosan maxsus ishchi guruh sanoat zonalarining infratuzilmasini xatlovdan o`tkazdi va tumanma-tuman loyihalar ro`yxatini shakllantirdi.

Shu munosabat bilan mutasaddilar, viloyat hokimlariga:

-  bir oy muddatda 40 ta sanoat zonasidagi 120 kilometr yo`l bo`yicha pudratchilarni aniqlab, qurilish ishlarini boshlash;

-  1 oktyabrga qadar 246 ta sanoat zonasini elektr tarmog`i, transformator va podstansiyalar bilan ta`minlash;

-  joriy yilda 200 ta sanoat zonasida 555 kilometr suv tarmog`i va 110 ta suv inshootini qurib yakunlash topshirildi.

Umuman, sanoat zonalari infratuzilmasini yaxshilash uchun joriy yilda 1,5 trillion so`m yoki 2021 yilga nisbatan 2 baravar ko`p mablag` ajratilishi belgilandi.

Yig`ilishda hokimlarning ajratilayotgan mablag`lar hisobidan ish o`rinlari yaratish bo`yicha rejalari qoniqarsiz ekanligi, bir hafta muddatda ushbu rejalarni ajratilayotgan mablag`larga mos ravishda qayta ko`rib chiqishga topshiriq berildi.

Umuman, viloyat hokimlari, Investisiyalar va tashqi savdo vazirligi yil yakuniga qadar sanoat zonalarida 2 mingta yangi loyihani ishga tushirishi shartligi ko`rsatib o`tildi.

Viloyat hokimlari oldiga bu loyihalar hisobiga qo`shimcha 110 mingta ish o`rni yaratish, 17,5 trillion so`mlik mahsulot ishlab chiqarish, kamida 1 milliard dollarlik eksport qilish uchun sharoit yaratish vazifasi qo`yildi.

Bundan tashqari, infratuzilmasi hal etilgan sanoat zonalarida 1 mingdan ziyod yangi loyihaga etadigan er maydonlari mavjudligi ko`rsatib o`tildi.

Ikki oy muddatda 174 ta maxsus zonada kamida 250 ta er maydonini auksionga chiqarib, loyihalarni boshlashga ko`rsatma berildi.

    Boshqa yangiliklar