AsosiyJamiyat

Toshkent xalqaro aeroporti estakadasi bo`ylab harakat qayta tiklandi

'Toshkent xalqaro aeroporti estakadasi bo`ylab harakat qayta tiklandi'ning rasmi

24 may kuni Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida estakadaga kirish vaqtincha yopilgani to`g`risida xabar berilgandi. Uzbekistan Airports’ning ma`lum qilinishicha, estakada orqali harakatlanish qayta tiklangan.

Ta`kidlanishicha, Toshkent xalqaro aeroportidagi estakada orqali harakat yo`l belgilari yangilanishi munosabati bilan 24–25 may kunlari cheklangan. Yo`lovchilar va kuzatuvchilar uchun Toshkent xalqaro aeroporti estakadasiga kirish bepul.

Terminalga estakada orqali chiqish qoidalari:

  • estakadaning o`ng chizig`i turistik avtobuslar va mikroavtobuslar uchun, chap chizig`i taksilar uchun mo`ljallangan;
  • yo`lovchilarni estakadada qisqa muddatga tushirish/olish avtomobillar uchun 5 daqiqadan, turistik avtobuslar va mikroavtobuslar uchun — 10 daqiqadan oshmasligi lozim;
  • estakadaning o`ng va chap qatorlarini ajratib turuvchi sariq chiziqda to`xtash taqiqlanadi va qoidabuzarlik hisoblanib, jarima solinishi mumkin.

Estakadada bir vaqtning o`zida 30 tagacha engil avtomobil yoki sayyohlik avtobuslari bilan birga 17 tagacha avtomobil bo`lishi mumkin.

    Boshqa yangiliklar