AsosiyJamiyat

Qamashida uchta avtomobil ishtirokida YTH sodir bo`ldi

'Qamashida uchta avtomobil ishtirokida YTH sodir bo`ldi'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqda tarqalgan, Qamashi tumanida sodir bo`lgan YTH yuzasidan ma`lumot berildi.

Dastlabki ma`lumotlarga ko`ra, 2022 yil 26 may kuni soat 13:25 larda, Qashqadaryo viloyati, Qamashi tumani hududidan o`tgan "Qarshi-Chem-Chiroqchi-Shahrisabz" avtomobil yo`lining 57-kilometrida haydovchilar:

1) S.A. boshqaruvida bo`lgan "Nexia" rusumli;

2) X.E. boshqaruvida bo`lgan "Lacetti" rusumli;

3) F.Yu. boshqaruvida bo`ylgan "Spark" rusumli avtomobillar ishtirokida to`qnashuv sodir bo`lgan.

YTH natijasida tan jarohati olgan fuqarolar yo`q. Avtomobillarga texnik shikast etgan.

Mazkur YTH yuzasidan Qamashi tumani IIB YHXB xodimlari tomonidan surishtiruv olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar