Bundan tashqari, kichik sanoat zonalarida uzoq yillar faoliyat yuritayotgan va hozirda er va bino-inshootlarga huquqi hal bo`lmagan 2 mingdan ziyod tadbirkorlar mavjud. Bu haqda Prezident matbuot xizmati yozmoqda.
Bir oy muddatda sanoat zonalarida joylashgan tadbirkorlarning er va bino-inshootlari bilan bog`liq masalalarini hal qilish bo`yicha qaror loyihasini kiritish topshirildi.
Shuningdek, bugungi kunda farmasevtikaga ixtisoslashgan 5 ta erkin iqtisodiy zonaning 40 foiz er maydoni bo`sh turgani ko`rsatib o`tildi.
Tadbirkorlar ushbu bo`sh maydonlarda boshqa sanoat loyihalarini ham amalga oshirishga ruxsat berishni so`rashmoqda.
Shu bois, mutasaddilarga farmasevtika iqtisodiy zonalari faoliyatini kengaytirish bo`yicha qaror loyihasini kiritish topshirildi.
Bu imkoniyatlardan foydalanib, 50 ta yangi loyihani boshlash kerakligi ta`kidlandi.
“Yana bir masala – eksportga mahsulot ishlab chiqarishda tashqi bozorlar talablaridan kelib chiqishimiz shart.
Bunda, ishlab chiqarilayotgan har bir mahsulot xorijiy standartlarga javob berishi, bozor va iste`molchi talablariga mos kelishi asosiy talab bo`ladi”, dedi Prezident yig`ilishda.
Shu munosabat bilan ikki oy muddatda xorijiy mamlakatlarning tajribali kompaniyalariga 1 tadan sanoat zonalarini boshqaruvga berish hamda xorijiy investorlarni jalb qilish bo`yicha taklif kiritish topshirildi.
Yig`ilish yakunida mavzu yuzasidan mutasaddilar va hududlar rahbarlarining hisoboti eshitildi.






