Davlat statistika qo`mitasi ma`lumotlariga ko`ra, 2022 yilning yanvar-aprel oylarida O`zbekiston 10 ta xorijiy davlatdan qiymati 21,8 mln. AQSh dollariga teng bo`lgan 734 ta elektromobil import qilgan.
Elektromobil importi 2021 yilning mos davriga nisbatan 594 taga yoki 5,2 barobarga oshgan.
2022 yilning dastlabki 4 oyida O`zbekiston asosan qaysi davlatlardan elektromobillarni import qilgan?
- Xitoy – 654 ta
- BAA – 40 ta
- Germaniya – 17 ta
- Gonkong – 10 ta
- Litva – 6 ta
- Estoniya – 2 ta
- Koreya – 2 ta






