AsosiyJamiyat

Chet tilidan kasbiy (ijodiy) imtihon formati va test namunalari e`lon qilindi

'Chet tilidan kasbiy (ijodiy) imtihon formati va test namunalari e`lon qilindi'ning rasmi

Ma`lumki, Vazirlar Mahkamasining qarori bilan 6 ta oliy ta`lim muassasasiga kirishda chet tilidan kasbiy (ijodiy) imtihon o`tkazilishi belgilangan.

Unga ko`ra 2022-2023-o`quv yili qabulidan boshlab xorijiy tillar bo`yicha mutaxassislarni tayyorlashga ixtisoslashgan

  • O`zbekiston davlat jahon tillari universiteti;
  •  Samarqand davlat chet tillar instituti;
  •  Toshkent davlat sharqshunoslik universitetining

fanlar majmuasiga chet tili birinchi fan sifatida kiritilgan bakalavriat ta`lim yo`nalishlariga hamda

  •  Toshkent davlat pedagogika universiteti;
  •  Qo`qon davlat pedagogika instituti;
  •  Nukus davlat pedagogika institutining

xorijiy tillar bo`yicha pedagoglarni tayyorlovchi bakalavriat ta`lim yo`nalishlariga kirish imtihonlarida chet tili fanidan tinglab tushunish, o`qish, yozish hamda gapirish kompetensiyalarini aniqlash va baholashga qaratilgan kasbiy (ijodiy) imtihon o`tkaziladi.

    Boshqa yangiliklar