AsosiyJamiyat

Prokuratura idoralari tomonidan qonunchilik talablariga zid ravishda 72 ta madaniy meros ob`ektlariga 121 ta reklama o`rnatilgani aniqlangan

'Prokuratura idoralari tomonidan qonunchilik talablariga zid ravishda 72 ta madaniy meros ob`ektlariga 121 ta reklama o`rnatilgani aniqlangan'ning rasmi

Madaniy meros ob`ektlarida tashqi reklama joylashtirish “Reklama to`g`risida”gi Qonunga asosan qat`iy ta`qiqlanib, ushbu ob`ektlar va ularning yondosh hududlari reklamadan holi etib belgilangan.

Biroq, joylarda mazkur qonun talabini qo`pol ravishda buzish holatlari kuzatilmoqda.

Prokuratura idoralari tomonidan mutasaddi idoralar birgalikda 5 ta qadimiy shaharda joylashgan 1000 dan ortiq madaniy meros ob`ektida reklama va axborot ko`rsatgichlari o`rnatilishi qonuniyligi o`rganildi.

Unda qonunchilik talablariga zid ravishda 72 ta ob`ektlarga 121 ta reklama o`rnatilgani aniqlangan.

Jumladan, Buxoroda 27 ta madaniy meros ob`ektida 50 ta, Samarqandda 25 ta ob`ektda 45 ta, Toshkent shahrida 18 ta ob`ektda 24 ta, Xivada 2 ta ob`ektda 2 ta reklama banneri o`rnatilgan.

Xususan, Buxoro shahrida joylashgan noyob arxitektura

yodgorligi toifasiga kiruvchi XIX asrga oid “Ibrohim Oxund” madrasasida 6x3 o`lchamdagi “go`zallik saloni” reklama banneri o`rnatilib, ob`ektning tarixiy ko`rinishi to`liq yopib qo`yilgan.

Yoki, poytaxtdagi XX asrga oid “Bahor” restorani binosida 7x9 o`lchamdagi “bilyard va restoran” reklama banneri o`rnatilib, bino tarixiy ko`rinishi ko`rimsiz holatga keltirilgan.

O`rganishlar davomida 53 ta ob`ektda noqonuniy o`rnatilgan 99 ta reklama bannerlari olib tashlanishi ta`minlanib, madaniy meros ob`ektlari ko`rinishi asl holatiga qaytarildi.

Shuningdek, 19 ta ob`ektda noqonuniy o`rnatilgan 22 ta

reklama bannerini olib tashlash yuzasidan mutasaddi shaxslarga yozma ko`rsatmalar berildi.

Nazorat tadbirlari davom ettirilmoqda.

    Boshqa yangiliklar