To`rt yarim oy ichida Qur`onni to`liq holda qo`lda yozgan misrlik talaba qiz taqdirlandi. Bu haqda O`zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati xabar bermoqda. Hojar Abdul Rauf Abdul Halim Al-Azhar islom universiteti talabasi.
Ma`lum qilinishicha, u butun Qur`onni xattotlikda qayta yozgan birinchi qizdir.
Bu talabaning Qur`on bo`yicha navbatdagi yutug`i hisobanadi. Chunki u Qur`onni to`liq yod olgandan so`ng bu ishga astoydil kirishgandi va qisqa vaqtda u orzusini ro`yobga chiqara oldi.
Hojar otasining ko`magi bilan bor-yo`g`i to`rt yarim oy ichida Qur`onni usmonli yozuvida yozishga muvaffaq bo`ldi. Uning so`zlariga ko`ra, bu ish jamiyatdagi xotin-qizlarga namuna bo`lish uchun qilingan. Chiroyli ovozda Qur`on tilovat qiladigan Hojar Al-Azhar Islom tadqiqot assambleyasidan ruxsat olib, san`at asarini nashr etmoqchi ekanini aytadi, ta`kidlaydi azon.uz.
Yaqin orada u ruxsat olish uchun Al-Azhar rahbari shayx Ahmad al-Toyib bilan uchrashmoqchi.






