AsosiyJamiyat

Andijonda maxsus xizmat avtomobili "Mercedes-Benz" o`z muddatida bartaraf qilinmagan 6 ta qarzdorlik holati bo`yicha rasmiy munosabat e`lon qilindi

'Andijonda maxsus xizmat avtomobili "Mercedes-Benz" o`z muddatida bartaraf qilinmagan 6 ta qarzdorlik holati bo`yicha rasmiy munosabat e`lon qilindi'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqda tarqalgan, "Mercedes-Benz" rusumli 60505VSF davlat raqam belgili maxsus xizmat avtomobili bo`yicha qarzdorlik holati yuzasidan ma`lumot berildi.

Ijtimoiy tarmoqda "Mercedes-Benz" rusumli 60505VSF davlat raqam belgili maxsus xizmat avtomobili bo`yicha o`z muddatida bartaraf qilinmagan 6 ta qarzdorlik holatlari keltirilgan xabar tarqaldi.

Xabar yuzasidan Andijon viloyati IIB JXX YHXB mas`ul xodimlari tomonidan surishtiruv o`tkazildi. Belgilangan jarimalar bo`yicha viloyat IIB JXX YHXB navbatchilik qismining qayd etish kitobi bilan solishtiruvlarga ko`ra, kechiktirib bo`lmas vazifalarni bajarish, kuzatuv ishlarini amalga oshirish jarayonida qayd etilganligi ma`lum bo`ldi.

O`zbekiston Respublikasi Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi Kodeksning 171 moddasining beshinchi xatboshisi (Tezkor va maxsus xizmatlarning transport vositalari, shuningdek ular kuzatib kelayotgan transport vositalari tomonidan yo`l harakati qoidalariga muvofiq imtiyozdan foydalangan holda sodir etilgan ma`muriy huquqbuzarliklar maxsus foto- va video qayd etishning avtomatlashtirilgan texnik vositalari orqali qayd etilgan taqdirda hamda kechiktirib bo`lmaydigan xizmat vazifalarini bajarganlikni tasdiqlovchi hujjatlar taqdim etilganda haydovchilarning ma`muriy qoidabuzarligi oxirgi zarurat holatlarida sodir etilgan deb topiladi va ma`muriy ish ushbu Kodeksning 271-moddasiga muvofiq tugatiladi) hamda 271-moddasi birinchi xatboshisining to`rtinchi kichik bandiga muvofiq mazkur 6 ta qoidabuzarlik bo`yicha qarorlar bekor qilindi.

Ushbu keltirib o`tilgan "Mercedes-Benz" rusumli 60505VSF davlat raqam belgili avtomobil maxsus transport vositasi ekanligi, tezkor, kechiktirib bo`lmas vaziyatlarda yo`l harakati xavfsizligini ta`minlash sharti bilan Qoidalarning 7-bobi (tartibga soluvchining ishoralaridan tashqari), 9 — 16, 19-20 va 22-boblari, 1- va 2-ilovalari talablaridan chetga chiqishlariga ruxsat berilishini inobatga olish maqsadga muvofiqdir.

    Boshqa yangiliklar