"O`zgidromet" markazi 27-29 may kunlari O`zbekiston bo`ylab kuzatiladigan ob-havo haqida ma`lumot berdi.
Unga ko`ra, bugun mamlakat hududiga Volga bo`yi hududlaridan nam va salqin havo massalari kirib kelishi boshlanadi. Respublika bo`yicha qisqa muddatli yomg`ir yog`adi, ba`zi joylarda momaqaldiroq bo`ladi. Kunduz kuni havo harorati 23-28° atrofida bo`ladi.
Ertaga faqat Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida kechasi va ertalab, Toshkent viloyatida va Farg`ona vodiysi viloyatlarida esa kechasi va kun davomida yomg`ir yog`ishi saqlanib turadi. Respublikaning qolgan hududlarida yog`ingarchilik kutilmaydi. Respublikaning barcha hududlari sovuq antisiklon ta`siri ostida bo`ladi, buning hisobiga harorat foni iqlim me`yoridan 6-9° ga past bo`ladi va 21-26° dan yuqori bo`lmaydi.
Yakshanba kuni hududning katta qismida quruq va kam bulutli ob-havo bo`lishi kutilmoqda, faqat Toshkent viloyatida va Farg`ona vodiysi viloyatlarida kechqurun momaqaldiroq bilan qisqa muddatli yomg`ir yog`ishi biroz ehtimoli bor. Kechasi havo harorati 10-15° gacha pasayadi, kunduzi esa 23-28° gacha biroz ko`tariladi.
27-29 mayda respublika bo`yicha ba`zi shimolda 18-23 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to`zonlari kuzatilishi kutilmoqda.
Respublikaning tog` oldi va tog`li hududlarida 27-29 may kunlari vaqti-vaqti bilan yomg`ir yog`adi, 27-28 may kunlari ba`zi joylarda kuchli bo`ladi, sel-suv toshqin hodisalari kuzatilishi mumkin. Ushbu hududlarda ehtiyot bo`ling!






