“Uzbekistan Airports” AJ rahbariyatining qarori bilan “Urganch” xalqaro aeroporti direktori Ruslan Agabullaev egallab turgan lavozimidan ozod etildi.
Kompaniya iste`fo sababini ochiqlamadi.
Boshqaruv raisining ekspluatasiya bo`yicha birinchi o`rinbosari Javlonbek Umarxo`jaev aeroport direktori vazifasini bajaruvchi etib tayinlangan.






