Ertaga O`zbekiston bo`ylab kuzatiladigan ob-havo haqida ma`lumot berildi

Jamiyat 27.05.2022, 15:27
Ertaga O`zbekiston bo`ylab kuzatiladigan ob-havo haqida ma`lumot berildi

"O`zgidromet" markazining xabariga ko`ra, 28 may kuni Toshkent shahrida havo o`zgarib turadi, kechasi va kunning birinchi yarmida yomg`ir yog`adi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Shamol g`arbdan 5-10 m/s tezlikda esadi, 12-17 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 15-17°, kunduzi 21-23° bo`ladi.

Qoraqalpog`iston Respublikasida va Xorazm viloyatida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 8-13°, kunduzi 25-30° bo`ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol g`arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 18-23 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to`zonlar kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 10-15°, kunduzi 23-28° bo`ladi.

Toshkent viloyatida havo o`zgarib turadi, ba`zi joylarda qisqa muddatli yomg`ir yog`adi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Shamol g`arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 18-23 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to`zonlar kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 12-17°, kunduzi 21-26° bo`ladi.

Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida havo o`zgarib turadi, kechasi va ertalab ba`zi joylarda qisqa muddatli yomg`ir yog`adi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Shamol g`arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 18-23 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to`zonlar kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 12-17°, kunduzi 21-26° bo`ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol g`arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 18-23 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to`zonlar kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 13-18°, kunduzi 25-30° bo`ladi.

Andijon, Namangan, Farg`ona viloyatlarida havo o`zgarib turadi, ba`zi joylarda qisqa muddatli yomg`ir yog`adi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Shamol g`arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 18-23 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 13-18°, kunduzi 18-23° bo`ladi.

Respublikamizning tog`li hududlarida havo o`zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan qisqa muddatli yomg`ir yog`adi, ba`zi joylarda kuchli bo`ladi. Momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Sel-toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. Shamol g`arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 8-13°, kunduzi 10-15° bo`ladi

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1