1

Samarqandda o`z uyidan noqonuniy mehmonxona qurmoqchi bo`lgan fuqaro aniqlandi

Jamiyat 27.05.2022, 15:52
Samarqandda o`z uyidan noqonuniy mehmonxona qurmoqchi bo`lgan fuqaro aniqlandi

Bundan biroz avval ijtimoiy tarmoqlarda Samarqand viloyatida o`z uyining bir qismidan noqonuniy mehmonxona qurayotgan fuqaro haqida video tarqalgan edi.

Qurilish vazirligining ushbu video yuzasidan xabar berishicha, Samarqand viloyati Samarqand tumani “Joyi Soy” mahallasida fuqaro F.Xalilov tomonidan o`z uyining bir qismini buzib, joyidan 21,4x12,6 metr o`lchamdagi 11 qavatli 2 qavat erto`lali mehmonxona binosi qurilishi hech qanday qurilishga ruxsat beruvchi shaharsozlik hujjatlari rasmiylashtirilmasdan amalga oshirilganligi o`z tasdig`ini topgan. Uyning hujjatilari tekshirilganda quyidagilar aniqlangan:

-Qurilishga ruxsat beruvchi Samarqand tumani hokimining qarori yoki tuman qurilish bo`limining ruxsatnomasi mavjud emas;

-Arxitektura rejalashtirish topshirig`i (APZ) mavjud emas;

-Muhandislik geologiyasi, loyiha-smeta hujjatlari to`liq ishlab chiqilmagan hamda tasdiqlanmagan;

-Belgilangan tartibda shaharsozlik kengashidan o`tmagan;

-Mehmonxona majmuasi obekti bosh rejasini naturaga ko`chirish dalolatnomasi rasmiylashtirilmagan (ShNK 3.01.01-03ning 2.4 bandi bajarilmagan);

-Qurilish ob`ektida foydalanilgan qurilish materiallarining talablarga muvofiqligi to`g`risidagi pasport va sertifikatlari taqdim etilmadi;

-ShNK 3.01.01-03 ning 7.8,9.9 bandlariga asosan yopiq ishlarni guvohlash dalolatnomalari taqdim etilmadi.  

Yuqoridagi kamchiliklar mavjud bo`lsa-da, qurilishga ruxsat beruvchi boshlang`ich shaharsozlik hujjatlari rasmiylashtirilmagan holda qurilish-montaj ishlari konstruksiyalar bitgandan so`ng ”Konstant proekt” MChJ tomonidan loyiha hujjatlari to`liqsiz ishlab chiqilgan. “Triumf Proekt” MChJ xususiy ekspertiza tashkiloti tomonidan to`liq ishlab chiqilmagan loyiha hujjatlariga, birlamchi ruxsat beruvchi hujjatlar ham yo`q. Shuningdek, O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 22-yanvardagi 15-sonli qarorining 21-bandiga zid ravishda 2018-yilda 24-martda ijobiy xulosa berilgan.

Qurilish davomida hududiy inspeksiya xodimlari tomonidan bir necha bor qurilishni to`xtatish bo`yicha ko`rsatmalar berilgan bo`lsa-da, fuqaro F.Xalilov tamonidan ish  o`zboshimchalik bilan davom ettirilgan. Mehmonxona qurilishi ob`ekti bo`yicha maxsus lisenziyaga ega “SVP MASKAN” MChJ  mutaxassislari tomonidan 2016-yilda binoning texnik holati o`rganilib, rigel va temir beton ramalarni kuchaytirish uchun loyiha hujjatlari ishlab chiqish bo`yicha xulosa berilgan.

Ushbu kuchaytirish bo`yicha tegishli loyiha ishlab chiqilmagan va ekspertiza organlarining ijobiy xulosasi olinmagan.  

“O`zog`irsanoatloyiha” AJ va hududiy inspeksiya xodimlari tomonidan 2022-yil 6-may kuni binoning seysmik holati o`rganib chiqilib, “O`zog`irsanoatloyiha” AJning xulosasiga asosan, binoning KMK, ShNK talablariga javob bermasligi va kolonnalarning ayrim joylari darz ketganligi o`z tasdig`ini topgan hamda binoni buzish bo`yicha xulosa berilgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1